Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018 yil 13 dekabrdagi 08-3227-sonli topshirig‘iga asosan 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda tuman DSENM hamkorligida “MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH” mavzusida maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, bo‘lim xodimlari, tuman DSENM ma'sul xodimlari hamda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari qatnashdilar.

Maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonasining jihozlanishi, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarining sog‘lom ovqatlanishi,  maktabgacha ta'lim muassasalarida  taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish hamda oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida sanitariya va gigiyena qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish mavzularida oshpazlarga tushunchalar berildi.

 


Последнее редактирование: 04/03/2019 06:26;   Просмотров: 825
 
Адрес материала: https://bulungurmtb.uz/press/news/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-administratsiyasining-2018-yil-13-dekabrdagi-08-3227-sonli-topshirigiga-asosan-samarqand-viloyati-bulungur-tumanidagi-3-sonli-maktabgacha-talim-muassasasida-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-hamda-tuman-dsenm-hamkorligida-m
Время распечатки: 05/10/2022 03:07