Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Uyg‘onish va yangilanish, qut-baraka elchisi Navro‘zi ayyom shukuhidan dillar yayramoqda. Tinch va osoyishta yurtimizga to‘y-tomosha, bayramlar yarashadi. Navro‘z o‘zaro qadr-qimmat, hayru-sahovat, mehr-oqibat timsolidir. Ezgulik, sahovatga yo‘g‘rilgan uyg‘onish, yasharish ayyomi bu yil dillarimizni yana quvonchu-shodlikka chulg‘aydi.Navro‘z xalqimizda tinchlik, bahamjihatlik, hayru-sahovatga chorlamoqda. Hurmatli vatandoshlar! Sizlarni mana shu go‘zal va tarovatli Navro‘z ayyomi bilan chin-dildan qutlaymiz. Sizlarga avvalo sog‘lik-omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz. Navro‘z olamining hayotbaxsh nur-ziyosi qalbingizni poklab nurafshon aylasin. Bulung‘ur tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi.

.


Oxirgi o‘zgarish: 03/04/2021 14:10;   Ko‘rilganligi: 359
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/navroz-ayyomingiz-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 01:39