Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kelajak avlod kamoloti muhim masala.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlod kamolotiga bog‘cha yoshidanoq e'tibor qaratish, ular ta'lim-tarbiya olayotgan maskanda yetarli shart-sharoitlarni yaratish davr talabi. Joriy yilning 19 aprel kuni Bulung‘ur tumani Pedagogika kolleji majlislar zalida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining mutasaddi hodimlari, Pedagogika kolleji direktori Yu.Jumanazarova va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini joriy etish, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish, sog‘lom ovqatlantirishga ahamiyat qaratish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida ta'lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etib kelayotgan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov tomonidan minnatdarchilik bildirilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 19/04/2021 20:14;   Ko‘rilganligi: 332
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/kelajak-avlod-kamoloti-muhim-masala
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 02:08