Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Bulung‘ur tumani 9-sonli MTT binosida Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limining ekspluatatsiya va ta'mirlash xizmati va tuman MTT larning xo‘jalik mudirlari, o‘t yoquvchi ma'sul hodimlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va betalofat o‘tkazish, issiqlik tizimini muntazam ishlashini nazorat qilish, yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.04.11.2019 yil

  Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani    2019/2020 yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4407-sonli qarori, Samarqand viloyat hokimligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 211-F sonli farmoyishi, Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasini 2019 yil 30 oktyabrdagi 01-07/20-1752-sonli hati to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda maktabgacha ta'lim  tashkilotlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik tizimini muntazam ishlashi nazorat qilish, kuz-qish mavsumi davrida sodir bo‘ladigan avariya xolatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2019 10:13;   Ko‘rilganligi: 612
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/joriy-yilning-4-noyabr-kuni-bulungur-tumani-9-sonli-mtt-binosida-bulungur-maktabgacha-talim-bolimi-va-tuman-mtt-larning-mudiralari-xojalik-bolimi-raxbarlari-bilan-birgalikda-kuz-qish-mavsumiga-tayyorgarlik-va-betalofat-otkazish-issiqlik-tizimini-muntazam-
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 02:29