Joriy yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 391-sonli qarori hamda Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 14 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish xujjatlari to‘g‘risida” 139-sonli buyrug‘ini ta'minlash maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tashkilotlari mudiralari, metodistlari hamda tarbiyachilar taklif etilib, seminarni maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva ochib berdi. U.Go‘bayeva so‘zida tumandagi maktabgacha ta'lim soxasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror farmon, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosining bajarilishi yuzasidan tushunchalar berib o‘z takliflarini bildirdi.
Kiritilgan vaqti: 19/09/2019 20:15; Ko‘rilganligi: 715
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/joriy-yilning-18-sentyabr-kuni-ozbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasining-2019-yil-13-maydagi-maktabgacha-talim-tashkilotlari-faoliyatini-yanada-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida-gi-391-sonli-qarori-hamda-maktabgacha-talim-vazirining-2019-y
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 13:56
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 13:56