Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi va tuman davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi bilan hamkorlikda tumandagi MTTlarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va ovqatdan ommaviy zaharlanishni oldini olish bo‘yicha tuman pedagogika kollejida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi MTTlarning mudiralari, hamshiralari, oshpaz hamda ho‘jalik mudirlari ishtirok etib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-sonli qarori hamda MTTlarda bajarilishi lozim bo‘lgan sanitariya talablari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, kun tartibdagi masala yuzasidan tumand DSENM mutaxassislari tomonidan MTTlar xodimlarining savollariga tegishli javob va tushuntirishlar berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 17/10/2019 07:41;   Ko‘rilganligi: 631
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/joriy-yilning-16-oktyabr-kuni-bulungur-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-va-tuman-davlat-sanitariya-va-epideomologiya-nazorati-markazi-bilan-hamkorlikda-tumandagi-mttmlarda-soglom-ovqatlanishni-tashkil-etish-va-ovqatdan-ommoviy-zaharlanishni-oldini-olish-bo
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 01:16