Joriy yilning 10 may kuni «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or pedagog tajribalarni ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasalari yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigaan davlat talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor va iqtidorli pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” 1-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi R.Turapova, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” 11-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Sh.Kuchkarova, “Innavatsion va axbarot texnalogiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” 9-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi S.Qo‘ziyevalar qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga tavsiya etildi.
Ko‘rik tanlovda g‘oliblar va faol ishtirok etganlarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi
Kiritilgan vaqti: 10/05/2019 18:13; Ko‘rilganligi: 888
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 15:07