Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 8-mart - Xalkaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Ayollarni, qizlarni bohorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Shu munosabat bilan Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 8-mart – Xalkaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan ajoyib saxna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Bunday tadbirlar tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam davom etmoqda.
Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2021 16:38; Ko‘rilganligi: 428
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 15:16