Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Navoiyni yod etib” mavzusida navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi. 06.02.2020yil
Kelajagimiz sanalmish farzandlarimiz qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz, xususan, ona tilimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishda Alisher Navoiy ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugun o‘tkazilgan “Navoiyni yod etib” mavzusidagi navoiyxonlik kechasida bolalar tomondan aytilgan g‘azallar, ijro etilgan kuy va raqslar, ayniqsa bolalar tomonidan Alisher Navoiyning yoshligidan kichik saxna ko‘rinishlari xammaga manzur bo‘ldi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kecha milliy ruxda o‘tdi. Tadbirda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.U.Go‘bayeva, bo‘lim xodimlari, bir gurux ota onalar ishtirok etishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 06/02/2020 18:37; Ko‘rilganligi: 653
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 14:10