Bulung‘ur tumanidagi 16 sonli maktabgacha tashkilotida “Mehrjon” bayrami bo‘lib o‘tdi. 21.11.2019 yil
Joriy yilning 21 noyabr sanasida Bulung‘ur tumanidagi 16 sonli maktabgacha tashkilotida “Mehrjon” bayrami bo‘lib o‘tdi. Betakror kuz fasli tarovati uning oltin fasl ekanligini anglatish maqsadida “Mehrjon” bayrami o‘tkazildi. Bolajonlar tomonidan tayyorlagan ertaklar, kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Yurtimizni betakrorligi hamda jannatmakon Vatanda yetishtirilayotgan noz-ne'matlarga boyligi ushbu tadbirda yaqqol nomoyon bo‘ldi. Bunday tadbirlar barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tantanali o‘tkazilib kelinmoqda.
Oxirgi o‘zgarish: 21/11/2019 13:13; Ko‘rilganligi: 725
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 14:13