Bulung‘ur tumanida "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha" 5 ta muhim tashabbus asosida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 11 iyun kuni Bulung‘ur tumanidagi «Qo‘ng‘irot» MFYda joylashgan 26-sonli DMTTda "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha" 5 ta muhim tashabbus asosida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Azizbek Buriboyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov, Samarqand shahridagi chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan 43-maktab bitiruvchisi Suxrob Murodov, tumandagi barcha DMTT direktorlari, hokimlik xodimlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etishdi.
5 ta muhim tashabbusga doir ko‘rgazmali burchaklar, bolajonlar tomonidan tayyorlangan raqs va kuy-qo‘shiqlar mehmonlarga havola etildi.
Oxirgi o‘zgarish: 11/06/2021 13:33; Ko‘rilganligi: 399
Chop etilgan vaqti: 28/01/2023 09:40