Bulung‘ur tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi MTTlarida "Hosil bayrami" bo‘lib o‘tmoqda.12.11.2019 yil
Bolalar qalbiga ona-vatanga muhabbat, uning betakrorligi va muqaddasligiga ishonch, buyuk mustaqilligimizga sadoqat ruhini singdirib kelayotgan tarbiyachi-pedagoglar bugungi kunda jajji o‘g‘il-qizlarimizning tasavvurlarini jannatiy o‘lkamizning tarovatli kuz fasli, uning ziynati haqidagi ma'lumotlar bilan yanada boyitmoqda.Milliy boyligimiz bo‘lgan paxtamiz, uning yetishtirilishiyu undan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida bilib olgan bolajonlar oltin kuzning tarovati, bobodehqonu paxtakorning zahmati haqida tarbiyachilaridan qiziqarli ma'lumotlar olmoqda. Ayniqsa, bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan ertakdagi qahramonlarni aks etgan chiqishlari, kuy-qo‘shiq, raqs, she'rlari barchani xushnud etmoqda.
Oxirgi o‘zgarish: 12/11/2019 13:14; Ko‘rilganligi: 1222
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 15:37