Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 05.02.2021yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi PQ-4865-son qarori yuzasidan Samarkand viloyati Bulung‘ur tuman 2 va 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "So‘z mulkining sultoni" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida adolatparvarlik, sahiylik, ezgulik va sadoqatni yuqori baholaydi va barchani shunday fazilatlar sohibi bo‘lishga chorlaydi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan mutafakkir bobomizning hayoti va faoliyatiga doir sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qishdi. Tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam tadbirlar davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 05/02/2021 17:36;   Ko‘rilganligi: 550
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-buyuk-mutafakkir-shoir-alisher-navoiy-tavalludining-580-yilligiga-bagishlangan-tadbirlar-bolib-otmoqda-05022021yil
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 02:26