Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan «Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimidagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan yuriqnoma» bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 25.02.2020yil
Joriy yilning 25 fevral kuni maktabgacha ta'lim bo‘limi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2020 yil 18 fevraldagi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimidagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan yuriqnoma»si O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-sonli qarorning mazmun mohiyati bilan tanishtirilib o‘tildi. Shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tuzilayotgan kunlik taomnomaning SanPin talablari asosida tuzish tartib qoidalari haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva, TTB bolalar poliklinikasi Bolalar infeksionisti B.Xolmonova, TTB maktabgacha ta'lim tashkiloti shifokori D.Eshtayeva, tumandagi barcha nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlari, maktabgacha ta'lim bo‘limi apparati xodimlari, shuningdek tarbiyalanuvchi bolalarning ota onalari ishtirok etdishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 26/02/2020 16:46; Ko‘rilganligi: 712
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 15:19