Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudirlari ishtirokida Zoom programmasi orqali onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.04.06.2020yil

     Joriy yilning 4 iyun kuni Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Gubayeva boshchiligida  barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudirlari ishtirokida  birinchi bor Zoom programmasi orqali onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tomonidan karantin davrida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan tarbiyalanuvchilar va ularning ota onalari ishtirokida o‘tkazilayotgan onlayn mashg‘ulotlar,  tarbiyachilar tomonidan o‘tkazilib kelayotgan onlayn darslar muxokama qilindi. Onlayn mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib kelayotgan barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, tarbiyalanuvchi va ularning ota onalariga minnatdarchilik bildirilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi. 

Barcha  maktabgacha ta'lim tashkilotlari  xodimlariga bunday onlayn mashg‘ulotlarni yanada qiziqroq va yangicha ko‘rinishdagi mashg‘ulotlarni o‘tishni yanada ko‘paytirish kerakligi, barcha yanada faolroq qatnashish kerakligi aytib o‘tildi.Bulung‘ur tuman barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish va karantin qoidalariga amal qilgan xolda o‘tkazish kerakligi eslatib o‘tildi.  O‘tkazilgan ushbu onlayn yig‘ilishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari o‘zlari uchun qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishdi va shu bilan birga o‘z takliflarini berib o‘tishdi.

Yig‘ilish so‘ngida Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Gubayeva yana bir bor barcha yig‘ilish qatnashchilarini va ularning yaqinlarini  1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan muborakbot etib o‘tdi.


Oxirgi o‘zgarish: 08/06/2020 13:56;   Ko‘rilganligi: 539
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/bulungur-maktabga-talim-bolimi-tomonidan-barcha-davlat-maktabga-talim-tashkilotlari-mudirlari-ishtirokida-zoom-programmasi-orqali-onlayn-yigilish-bolib-otdi05062020yil
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 02:22