Bugundan boshlab xususiy bog‘chalar o‘z faoliyatini boshladi.15.06.2020yil
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga mufoviq joriy yil 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda xususiy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash, xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi, tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talablari qo‘yildi.
Respublika maxsus komissiya qaroriga muvofiq joriy yil 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda xususan Bulung‘ur tumanidagi “Qirqshodi” MFYdagi “BOLALAKNING NAFIS IFORI” nomli xususiy MTT faoliyati barcha sanitariya-gigiyeniya normaliga rioya qilgangan xolda o‘z faoliyatini boshladi va bundan tashqari tumandagi “Kildon” MFY dagi “KILDON YULDUZI” nomli xususiy , “Mexrjon” MFY “BILAG‘ON”, “Oqtepa” MFY “ZARICHKA”, “Ulug‘bek” MFY “MITTIVOY BOLAJON”, “Elobod” MFY “MARXABO JO‘SHQIN” nomli DXSH va oilaviy MTT xam faoliyatini yo‘lga qo‘yish buyicha sanitariya-gigiyeniya normalariga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimi o‘rinbosari B.Ilchiyev va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayevalar joyiga borib o‘rgandi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Bundan tashkari, tuman xududidagi 3-7 yoshli bolalarni MTTlariga qamrab olish bo‘yicha “Saxovat”, “Erganakli” va boshqa MFYlarida bo‘sh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan MTT tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Oxirgi o‘zgarish: 15/06/2020 16:30; Ko‘rilganligi: 693
Chop etilgan vaqti: 01/02/2023 13:45