Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

„Bilag‘on” dagi Bilag‘onlar.

Bulung‘ur tumanidagi «Bilag‘on» Davlat sherikchiligidagi xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlaganiga 1 yildan oshdi. Shu vaqt mobaynida tumanda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash ishlarini „Ilk qadam“ Dasturi asosida tashkil etib, o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. 

DXSHNMTTda tajribali tarbiyachilardan Zulfiya Xo‘jamuratova, Nargiza Boyjigitovalar bolajonlarga ta'lim- tarbiya berib kelmoqda. Yaqindagina „Bilag‘on“ NMTT da „Mehrjon bayrami“ ertaligi o‘tkazildi. Musiqa rabari Eldor Babayarov, o‘rta guruh tarbiyachisi Nargiza Boyjigitova va katta-tayyorlov guruhi tarbiyachisi Zulfiya Xo‘jamuratovalar bayram ertaligini mazmunli, qiziqarli qilib o‘tkaznadishda o‘z mexnati va maxoratlarini ayamaydilar. „Bilag‘on“ NMTT tarbiyachilarining ota-onalari tashkilot rahbari, musiqa rahbari hamda tarbiyachilardan juda mamnun.


Oxirgi o‘zgarish: 03/11/2020 15:16;   Ko‘rilganligi: 634
 
Material manzili: https://bulungurmtb.uz/press/news/bilagon-dagi-bilagonlar
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 01:07