2019 yil 1 fevral kuni maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida "Ijodkor tarbiyachi" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlov Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
8-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Davranova Madina hamda 9-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Zokirova Sevaralar o‘zlarining ijodkor tarbiyachi ekanligini namoyon qilib faol ishtirok etishdi . “Ijodkor tarbiyachi “ko‘rik tanlovida 1-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Do‘siyorova Zulfiya faxrli I-o‘rinni, 23-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Turdibekova Sojida faxrli II-o‘rinni,11-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Nurmatova Oydin faxrli III–o‘rinni egalladilar.
Tanlovda g‘olib bo‘lganlar hamda faol ishtirok etganlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
Oxirgi o‘zgarish: 05/02/2019 07:34; Ko‘rilganligi: 981
Chop etilgan vaqti: 28/01/2023 08:21