Maxsus imkoniyatlar

Xabarlar

14 TA DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIGA NOTEBOOKLAR BERILDI

03-08-2022 17:37   55

Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida 2019-yil 19-iyulda imzolangan 6418-UZ-sonli moliyalashtirish shartnomasi, shuningdek, TF0B0057 va TF0B0058-son grant shartnomalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 789-son qaroriga muvofiq Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida tumandagi 14 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari belgilanga talablarga javob beradigan notebooklar bilan ta’minlandi

BBIT.UZ O'RGATISH BO'YICHA AMALIY SEMINARLAR BO'LIB O'TMOQDA

03-08-2022 17:19   89

 Makrabgacha ta'lim bólimida Maktabgacha talim tashkiloti direktorlari  uchun AKT xodimi G'Muxtarov tomonidan  “Bolalar Bogchasi” axborot tizimi (bbit.uz) da bolalarni MTT ga qabul qilish, MTT dan chiqarish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to'g'risida amaliy seminar bo'lib o'tdi.                

Seminarda AKT mutaxassisi tomonidan MTT direktorlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

MA'LUMOT

20-07-2022 17:33   61

MA'LUMOT

Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

19-07-2022 17:51   62

“Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–322-son, 14.07.2022 y.) qabul qilindi

Bulung‘ur tumanidagi 17 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xosil bayrami” bo‘lib o‘tdi.

29-10-2021 19:34   115

Joriy yilning 29 oktyabr sanasida Bulung‘ur tumanidagi 17 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xosil bayrami” bo‘lib o‘tdi. Betakror kuz fasli tarovati uning oltin fasl ekanligini anglatish maqsadida “Xosil bayrami” o‘tkazildi. Bolajonlar tomonidan tayyorlagan ertaklar, kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Yurtimizni betakrorligi hamda jannatmakon Vatanda yetishtirilayotgan noz-ne'matlarga boyligi ushbu tadbirda yaqqol namoyon bo‘ldi. 

Aholini ro‘yxatga olish haqida nimalar bilasiz?

21-10-2021 08:40   164

Aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir hisoblanib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

SAYYOR QABUL MUAMMOLARGA YECHIM

10-09-2021 17:29   165

Bulung‘ur tumani Istiqlol MFY da joylashgan Bulung‘ur Pedagogika kollejida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini jihozlash, ta'mirlash, issiqlik tizimi va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan 19 ta murojaat o‘rtaga tashlandi.

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHNING MOHIYATI NIMADA?

10-09-2021 13:21   172

Tasavvur qiling, qo‘lingizda O‘zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma'lumotlarni aytish mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘istonda qancha aholi yashaydi, Xorazmda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta ta'lim muassasasi bor, Samarqand viloyatida aholi zichligi qanday va shunga o‘xshash boshqa muhim ma'lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko‘rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko‘zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta.

Bulung‘ur tumanida Maktabgacha ta'lim bo‘limining an'anaviy avgust kengashi o‘tkazildi.

27-08-2021 21:24   199

Joriy yilning 27 avgust kuni 1-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining "Yangi O‘zbekistonda erkin va faravon yashaylik!" shiori ostida An'anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.Kengashda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Hotamov, tuman pedagogika kolleji direktori Yu.Jumanazarova, maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda tumandagi  maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining an'anaviy avgust kengashi onlayn tarzda o‘tkazildi.

25-08-2021 22:55   184

Unda 2020-2021 o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yili rejalari, ta'lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar qamrovini oshirish to‘g‘risidagi ma'ruzalar tinglandi.