Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Yozgi sog‘lomlashtirish davri maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish uchun eng qulay vaqtdir.

Fasllarning ichida eng ajoyib taassurotlarga ega bo‘lgan yoz oyi bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan munosabatlarini oydinlashtirib, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini yana bir karra oshiradi. Bola organizmining jismonan sog‘lom bo‘lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharoitlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali o‘tkazilishi maktabgacha ta'lim tashkilotining o‘z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko‘rishiga bog‘liqdir. Shu sababli Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida reja asosida chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngilochar tadbirlari tashkil etilgan.

Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davriga mo‘ljallangan bolajonlar va tarbiyachilar uchun maxsus formalar tashkil etilganligi bolalarning jismoniy va psixalogik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Oxirgi o‘zgarish: 03/06/2021 09:50;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/yozgi-soglomlashtirish-davri-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-bolalarni-soglomlashtirish-va-chiniqtirish-ishlarini-tashkil-etish-uchun-eng-qulay-vaqtdir
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 01:48