Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Yil yakuni bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlari yana bittaga ko‘paydi.24.12.2020 yil

Joriy yil 24 dekabr kuni Bulung‘ur tumani Mingtepa mahallasida 100 o‘ringa mo‘ljallangan “Shozamon” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari B.Il'chiyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan hokim o‘rinbosari mazkur ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun ham, tarbiyachi xodimlar uchun ham barcha qulayliklar yaratilganligini bildirib, mahalla ahlini yangi ta'lim tashkiloti bilan tabrikladi.

Ma'lumot uchun, mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 2 mlrd. 774 mln. so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.


Oxirgi o‘zgarish: 29/01/2021 19:19;   Ko‘rilganligi: 188
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/yil-yakuni-bilan-maktabgacha-talim-tashkilotlari-yana-bittaga-kopaydi24122020-yil
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 07:26