Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Xotin-qizlar voleybolda bellashdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida bugun bolalar va o‘smirlar sport maktabi Mingchinor filialida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman maktabgacha ta’lim bo’limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi o‘tkazildi.

Hakamlar hayatining yakuniy xulosasiga ko‘ra:
1-o‘rinni 17-umumta’lim maaktabi o‘quvchi qizlari jamoasi;
2-o‘rinni 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi;

3-o‘rinni 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari jamoasi  qo‘lga kiritdi.

Musoboqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 16/06/2021 20:17;   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/xotin-qizlar-voleybolda-bellashdi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:44