Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining an'anaviy avgust kengashi onlayn tarzda o‘tkazildi.

Unda 2020-2021 o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yili rejalari, ta'lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar qamrovini oshirish to‘g‘risidagi ma'ruzalar tinglandi.

2020-2021 o‘quv yilida sohada fidoyilik ko‘rsatgan pedagog-xodimlar viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 27/08/2021 22:58;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasining-ananaviy-avgust-kengashi-onlayn-tarzda-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:12