Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Viloyat Avgust konferensiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishi Ishtixon tumanida o‘tkazildi.

Sho‘ba yig‘ilishida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari va Ishtixon tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi-Open EMIS dasturida ishlash, tashkilotda axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/08/2021 21:22;   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/viloyat-avgust-konferensiyasining-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalari-yonalishi-boyicha-shoba-yigilishi-ishtixon-tumanida-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:39