Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Kichkintoy-shirintoy” ommaviy sport musobaqasi tuman bosqichi o‘tqazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 26 iyundagi “Respublikada “Kichkintoy -Shirintoylar” ommaviy sport musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 432-sonli buyrug‘i, xamda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 2 iyuldagi 986/1-sonli, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2018 yil 2 iyuldagi 11-sonli qo‘shma buyrug‘i  ijrosini ta'minlash maqsadida.

 O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya vazirligi va maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 28 maydagi “Respublikada “Kichkintoy-Shirintoylar” ommaviy sport musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomi  asosida  Bulung‘ur tuman  maktabgacha ta'lim bo‘limining 2018 yil 16 iyuldagi 99-sonli buyrug‘i  asosida tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Kichkintoy-Shirintoylar” ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi   o‘tkazildi. “Kichkintoy-Shirintoylar” ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichida  fahrli I-o‘rinni  17-son    maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, II-o‘rinni 1-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, III-o‘rinni 11-son maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari  egalladi.

Musobaqada ishtirok etgan maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/07/2018 12:25;   Ko‘rilganligi: 788
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/tumanida-kichkintoy-shirintoy-ommaviy-sport-musobaqasi-tuman-bosqichi-otqazildi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:00