Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida 9 may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tuman tadbirida ham maktabgacha ta'lim sohasi vakillari faol ishtirok etishdi.

9 may umumxalq  bayrami  Xotira va qadrlash kunini, ikkinchi jaxon urushining katnashchilari va mexnat faxriylari xamda xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik , bag‘rikenglik va xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an'analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada  hamjihatlik bilan o‘tkazish, hamda tinchlikni qadriga yetish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.


Kiritilgan vaqti: 08/05/2019 17:51;   Ko‘rilganligi: 474
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/tumandagi-barcha-maktabgacha-talim-muassasalarida-9-may-xotira-va-qadrlash-kuniga-bagishlangan-bayram-tadbirlari-bolib-otdi-tuman-tadbirida-ham-maktabgacha-talim-sohasi-vakillari-faol-ishtirok-etishdi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:06