Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari defektologlari uchun “Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini o‘rganish ularga maxsus ta'lim-tarbiya berish” hamda “Davlat talablari va Ilk qadam ” o‘quv dasturi asosida seminar o‘tkazildi.

Defektologiyaning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniqlash, tashxis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan ta'lim-tarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yo‘qotish vositalarini izlab topish, amalda qo‘llash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishda pedagog kadrlarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasalari  defektologlari  uchun  o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 09/04/2019 08:30;   Ko‘rilganligi: 582
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tomonidan-maktabgacha-talim-muassasalari-defektologlari-uchun-jismoniy-va-ruhiy-nuqsonli-bolalar-rivojlanishining-psixofizik-xususiyatlarini-organish-ularga-maxsus-talim-tarbiya-berish-hamda-davlat-talablari-va-ilk-qadam-oqu
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:49