Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘basi tomonidan “Madaniyat, odob-axloq, pedagog maxorati” mavzusida 10- son MTMda seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori hamda Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 19-iyuldagi 528-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida xar tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish, maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy kommunikativ rivojlanish, nutq o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglash, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlash hamda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining pedagogik maxoratini oshirish, tashabbuskorligi, mas'uliyati hamda ijodkorligini rivojlantirish,  maqsadida 10-son maktabgacha ta'lim muassasasida  “Madaniyat, odob-axloq, pedagog mahorati” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Kiritilgan vaqti: 13/12/2018 15:01;   Ko‘rilganligi: 604
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/tuman-maktabgacha-talim-bolimi-davlat-va-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-hamda-oqitishning-muqobil-shakllarini-tashkil-etish-shobasi-tomonidan-madaniyat-odob-axloq-pedagog-maxorati-mavzusida-10-son-mtmda-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:49