Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Ta'til davrida ta'lim-tarbiya jarayoni to‘xtab qolmaydi.25.05.2020 yil

Insoniyat o‘tgan yillarda qanchadan-qancha sinovli kunlarni boshdan o‘tkazdi. Bugun dunyoni qamrab olgan koronavirus infeksiyasi ham barcha davlatlar oldiga, insonlar zimmasiga katta mas'uliyat yukladi. Virusning xavf va zararlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri baholagan mamlakatimiz karantin davrida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni belgilab oldi.  Shu o‘rinda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xam koronovirusning oldini olishga doir belgilangan choralarga muvofik joriy yil 16 martdan mamlakatimizdagi barcha turdagi MTT faoliyati to‘xtatildi.

      Karantin muddati tugagunga qadar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yo‘llanma berish to‘xtatildi, xamda barcha turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi. Shu davr mobaynida Farzandlarimizga ta'lim-tarbiya berishda uzilish bo‘lmasligi kerakligi inobatga olinib, maktabgacha yoshdagi  bolalarning bilim olishlari hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga xam masofadan ta'lim-tarbiya olishlari joriy etildi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi ham bir qator loyihalarni amalga oshirdi.  Jumladan, bolalarga sifatli va samarali ta'lim berishda ota-onalarga ko‘mak berish maqsadida “Roboborik bilan o‘quvchi bo‘l!” onlayn kursidan bepul foydalanish imkoni taqdim etildi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi yordamida “Onlayn bolalar bog‘chasi” dasturi yo‘lga qo‘yildi. Dastur “Ilk qadam” va “Aqlvoy” ta'lim loyihalarini qamrab olgan. Karantin e'lon qilingan kundan boshlab tumandagi MTT tarbiyalanayotgan  tarbiyalanuvchilarga onlayn va  masofaviy ta'lim – tarbiya berish uchun tuman maktabgacha ta'lim  bo‘limi va MTT da ota-onalar bilan hamkorlikdagi  “Ota-onalar va pedagoglar” telegramm guruxlari tashkil etildi.Buning uchun maktabgacha ta'lim vazirligining  avvaldan tashkil etilgan elektron ta'lim portalidagi mavjud o‘quv va mashg‘ulot materiallari bazasidan foydalanib kelinmokda.Tarbiyachilar ota onalar bilan muntazam bog‘lanib muloqotda bo‘lishib  masofadan topshiriklarlarni berib va  ularga xafta mavzulari asosida bolajonlar bilimini mustaxkamlash borasida tushunchalar berib borishyapti.

Bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar tarbiyalanuvchilarga har bir mashg‘ulot  va mavzu bilan tanishish, mashg‘ulot turiga qarab oldindan tayyorgarlik ko‘rish, mavzu yuzasidan tug‘ilajak savollarni oldindan tayyorlash, hamda mustaqil o‘qish ko‘nikmasini bolajonlarda shakllantirish imkonini yaratmoqda.Mana shunday el boshiga ish tushganda birdamlik, hamjihatlik bilan sinovli kunlarni yengishimiz, barcha karantin qoidalariga amal qilishimiz zarur.


Kiritilgan vaqti: 25/05/2020 15:54;   Ko‘rilganligi: 299
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/tatil-davrida-talim-tarbiya-jarayoni-toxtab-qolmaydi25052020-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:27