Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusni keng ommaga targ‘ib etish va yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularni sog‘lom- baquvvat qilib tarbiyalash, yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli o‘tkazish maqsadida,tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Sportchi bolajon” sport musobaqasining hududiy va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada   7-son MTT hamda YATT Musirova Sojidaning oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari oliy o‘ringa,   13-son MTT hamda YATT To‘raqulova Gulnozaning oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari faxrli 1 o‘ringa loyiq deb topildi.

           Musobaqaga g‘olib bo‘lganlarga hamda faol ishtirok etganlarga   tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliqlari hamda estalik sovg‘alari tantanali ravishda taqdim etildi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 24/07/2019 14:27;   Ko‘rilganligi: 529
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/sportchi-bolajon-ozbekiston-respublikasi-prezidentining-5-ta-muhim-tashabbusni-keng-ommaga-targib-etish-va-yoshlarni-jismoniy-tarbiya-va-sportga-keng-jalb-etish-ularni-soglom-baquvvat-qilib-tarbiyalash-yozgi-soglomlashtirish-mavsumini-mazmunli-otkazish-ma
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:54