Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Sobiq kollej binosida maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi.18.01.2020 yil

Joriy yilning 18 yanvar kuni sobiq, Bulung‘ur sanoat kasb-hunar kolleji binosida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 6-son maktabgacha ta'lim tashkilotining filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ullari, jamoat tashkiloti vakillari, mahalla ahli ishtirok etishdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida 4 ta asosiy va 2 ta qisqa muddatli guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bolajonlar uchun barcha qulayliklarga va moddiy texnik bazaga ega rus tili, ingliz tili, qizlar uchun raqs va gimnastika, o‘g‘il bolalar uchun kurash va taekvondo kabi jami 7 ta markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, ushbu kollej binosi joylashgan “Kichik Kildon” mahallasida shu kunga qadar birorta ham maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmayotgan edi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti negizida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 08:54;   Ko‘rilganligi: 510
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/sobiq-kollej-binosida-maktabgacha-talim-tashkiloti-ish-boshladi18012020-yil
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 06:48