Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

SAYYOR QABUL MUAMMOLARGA YECHIM

Bulung‘ur tumani Istiqlol MFY da joylashgan Bulung‘ur Pedagogika kollejida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini jihozlash, ta'mirlash, issiqlik tizimi va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan 19 ta murojaat o‘rtaga tashlandi.

Shundan 16 ta murojaat shu joyning o‘zida, Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi ma'sullari hamda tuman davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qisqa muddatlarda bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. 3 ta murojaat maktabgacha ta'lim boshqarmasi vakolati doirasida yechilish tartibi belgilanib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilandi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/09/2021 17:43;   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/sayyor-qabul-muammolarga-echim
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:19