Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Ota-onalar davlat MTMlari boshqaruvida ishtirok etadilar.

Maktabgacha ta'lim tizimi tarixida ilk marotaba ota-onalar va jamoat tuzilmalari MTM boshqaruvi bo‘yicha vakolatga ega bo‘ldilar. 2018 yil 3 dekabrda, MTMning Kuzatuv kengashi haqidagi Nizom tasdiqlandi.

Kuzatuv kengashi faoliyati ota-onalarni o‘quv-tarbiya jarayonlariga jalb etib, maktabgacha ta'lim muassasasi boshqaruvi mexanizmi shaffofligini ta'minlaydi.
«Kuzatuv kengashlari MTM boshqaruvi tizimini tubdan o‘zgartiradi. Agar ilgari mudiralar maktabgacha ta'lim hududiy bo‘limlari oldida hisob bergan bo‘lsalar, endilikda ular o‘z harakatlari uchun ota-onalar oldida javobgar bo‘ladilar. Yangi Nizomga ko‘ra mudiralar yakka tartibda qaror qabul qila olmaydilar va nopok rahbarlar mablag‘larni o‘zboshimchalik bilan sarflash imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Moliyaviy qonunbuzarlik holati aniqlangan taqdirda Kuzatuv kengashi mudirani lavozimdan ozod etish masalasini ko‘tarishi mumkin. Hurmatli ota-onalar, endi aynan siz MTM qanday ishlashi lozimligini belgilaysiz», -deydi MTV boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Obidov.
Kuzatuv kegashi a'zolari taklif etilgan nomzodlar orasidan mudirani saylaydi va uni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritadi. Moliyaviy hisobot qabul qiladi (moliyaviy holat haqida hisobot, kirim va chiqim, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda homiylar mablag‘lari bo‘yicha), MTM xodimlari faoliyati bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazadi, ustivor masalalarni belgilaydi, ularning ijrosini nazorat qiladi va h.k.
MTM Kuzatuv kengashi quyidagicha shakllantiriladi: har bir guruhdan 3tadan ota-onalar vakili(ular ota-onalar yig‘ilishida ovoz berish yo‘li bilan saylanadi), 2 pedagog /tarbiyachi yordamchisi, 1ta MTM ma'muriyati vakili, 1ta MT hududiy bo‘linmasi vakili, jamoat birlashmalari (masalan mahalla qo‘mitasi)dan 2 vakil va homiylardan vakil.
Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bir chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.Nodavlat MTMlarida kuzatuv kengashi tashkil etilishi tavsiyaviy xarakterga ega.

Ma'lumot:
MTM larda Kuzatuv kengashi haqidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi 3955-sonli, Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, gi qarori asosida ishlab chiqildi.

Manba:Mdo.uz


Kiritilgan vaqti: 06/12/2018 07:15;   Ko‘rilganligi: 642
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/ota-onalar-davlat-mtmlari-boshqaruvida-ishtirok-etadilar
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 02:19