Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Uyg‘onish va yangilanish, qut-baraka elchisi Navro‘zi ayyom shukuhidan dillar yayramoqda. Tinch va osoyishta yurtimizga to‘y-tomosha, bayramlar yarashadi. Navro‘z o‘zaro qadr-qimmat, hayru-sahovat, mehr-oqibat timsolidir. Ezgulik, sahovatga yo‘g‘rilgan uyg‘onish, yasharish ayyomi bu yil dillarimizni yana quvonchu-shodlikka chulg‘aydi.Navroʼz xalqimizda tinchlik, bahamjihatlik, hayru-sahovatga chorlamoqda. Hurmatli vatandoshlar! Sizlarni mana shu goʼzal va tarovatli Navroʼz ayyomi bilan chin-dildan qutlaymiz. Sizlarga avvalo sogʼlik-omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz. Navroʼz olamining hayotbaxsh nur-ziyosi qalbingizni poklab nurafshon aylasin. Bulungʼur tuman Maktabgacha taʼlim boʼlimi.

.


Oxirgi o‘zgarish: 03/04/2021 14:10;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/navroz-ayyomingiz-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 23/04/2021 18:01