Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maydonda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari!

Ertamiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi nafaqat ota-ona, balki jamiyat uchun ham muhimdir. Buning uchun esa, bugun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, sportning taekvondo VTF turidan o‘tkazilgan navbatdagi bellashuvlar aynan maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilganligi ham fikrimizning isbotidir.Joriy yil 25 sentabr kuni Samarqand shahar 1-son BO‘SM ochiq birinchiligi uchun o‘tkazilgan bellashuvlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 100 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

Xususan, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Chelenjer” bellashuvlarda Bulung‘ur tumanidagi 1, 9 va 17-sonli davlat hamda “Bilag‘on” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 30 dan ortiq tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Sport murabbiyi Qudrat Bakayev shogirdlari belleshularda munosib o‘rinlarni egallashdi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/09/2021 07:34;   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/maydonda-maktabgacha-talim-tarbiyalanuvchilari
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:01