Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim vazirligi va tadbirkorlar o‘rtasida bitim imzolandi.

Joriy yilning iyul oyi oxida Bulung‘ur tumanidagi Istiqlol, Kattaqishloq, Do‘stlik, Mingchinor, Niyozmat, Bog‘bon, Isori o‘roqli, Erganakli, Ulug‘bek, Esonturdi, Avliyo Parpi, Mexrjon, Yangiqo‘rg‘on, Beshqo‘ton MFYlarda tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan o‘z xonadonlarida 25 va 50 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 15 ta maktabgacha ta'lim vazirligi hamda tadbirkor o‘rtasida ikki tomonlama tuzilgan bitimlar o‘z egalariga topshirildi.

Ushbu tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga 800 ga yaqin 3-7 yoshli bolalar maktabgacha ta'limga qamrab olinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 29/07/2021 10:38;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-vazirligi-va-tadbirkorlar-ortasida-bitim-imzolandi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:43