Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim vaziri Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman Pedagoglarni tayyorlash kolleji va Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 15 aprel kuni Maktabgacha ta'lim vaziri Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman Pedagoglarni tayyorlash kolleji va Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tashrif buyudi. Pedagogika kollejida "Maktabgacha ta'lim" yo‘nalishi bo‘yicha 215 nafar talaba tahsil oladi. Vazir talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ular bilan dildan suxbat qurdi.

Kollej kutubxonasini ham ko‘zdan kechirib, saqlanayotgan sakkiz mingdan ortiq kitob, shuningdek, uch ming - elektron shaklda kitoblar mavjudligini ko‘rib, peshtoqdagi kitoblar safiga maktabgacha ta'lim va tarbiyani o‘rgatuvchi tematik qo‘llanmalarni ham kiritish ko‘rsatmasini berdi.Malaka oshirish instituti mutaxassislari bilan birgalikda ma'naviyat va ma'rifat soatlarini o‘tkazish topshirildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari vazirdan bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni oshirish uchun oilaviy tipdagi bolalar bog‘chalarini yaratishda ko‘maklashishni so‘radi. Ayni paytda Bulung‘ur tumanida bolalar qamrovi 66,1% ni tashkil yetadi. Joriy yil oxirigacha yangi DMTTlar qurilishi va oilaviy MTT yaratilishi tufayli bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim sohasida klaster tizimini amalga oshirish maqsadida, 2020 yildan boshlab Pedagogika kollejlar qoshida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilmoqda. Shu tizim Bulung‘ur pedagogika kollejida ham amalga oshirildi. Uning qoshida 150 o‘rinli 34-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish faoliyatini boshlagan. Tashkilotda faoliyat yuritayotgan pedagog tarbiyachilarni bilim malakalarini o‘rganish uchun vazir ularni savol-javobga tutdi, so‘ng, bolajonlar tomonidan bir necha tillarda she'rlar tinglandi.

Keyingi tashrifning manzili tuman markazidagi 1-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bo‘ldi. Tashkilotda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularga ta'lim va tarbiya berish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Tarbiyachilar tomonidan besh tashabbus hamda Davlat dasturi Ilk qadam doirasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 16/04/2021 23:14;   Ko‘rilganligi: 220
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-vaziri-samarqand-viloyati-bulungur-tuman-pedagoglarni-tayyorlash-kolleji-va-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotlariga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 22:27