Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kelajak avlod kamoloti muhim masala.03.02.2021yil

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlod kamolotiga bog‘cha yoshidanoq e'tibor qaratish, ular ta'lim-tarbiya olayotgan maskanda yetarli shart-sharoitlarni yaratish davr talabi. Joriy yilning 3 fevral kuni Bulung‘ur tumanida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Rahmonov va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mutasaddilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini joriy etish, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish, sog‘lom ovqatlantirishga ahamiyat qaratish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Muloqot doirasida tumandagi 23-MTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'lim-tarbiya mashg‘ulotlari jarayoni, oshxonadagi sog‘lom ovqatlantirish ratsioni ham ko‘zdan kechirildi.


Oxirgi o‘zgarish: 03/02/2021 20:44;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/kelajak-avlod-kamoloti-muhim-masala03022021yil
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 02:25