Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kelajak avlod kamoloti muhim masala.

Kelajagimiz egalari boʼlgan yosh avlod kamolotiga bogʼcha yoshidanoq eʼtibor qaratish, ular taʼlim-tarbiya olayotgan maskanda yetarli shart-sharoitlarni yaratish davr talabi. Joriy yilning 19 aprel kuni Bulungʼur tumani Pedagogika kolleji majlislar zalida tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri F.Xotamov tomonidan yigʼilish oʼtkazildi.

Tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mutasaddi hodimlari, Pedagogika kolleji direktori Yu.Jumanazarova va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokida oʼtkazilgan yigʼilishda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, taʼlim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etish, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish, sogʼlom ovqatlantirishga ahamiyat qaratish masalalari xususida atroflicha soʼz yuritildi.

Vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida ta'lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etib kelayotgan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov tomonidan minnatdarchilik bildirilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 19/04/2021 20:20;   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/kelajak-avlod-kamoloti-muhim-masala
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 15:18