Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 6 aprel kuni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘basi tomonidan “Davlat talablari va Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida “Paxlavon” oilaviy maktabgacha ta'lim muassasasida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli qarori   hamda   Maktabgacha   ta'lim   vazirining   2018 yil 15   avgustdagi  ”Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida” 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash, oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish , pedagog kadrlarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish maqsadida oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalari  pedagog xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 06/04/2019 13:46;   Ko‘rilganligi: 659
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-6-aprel-kuni-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-davlat-va-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-hamda-oqitishning-muqobil-shakllarini-tashkil-etish-shobasi-tomonidan-davlat-talablari-va-ilk-qadam-oquv-dasturi-asosida-paxlavon-oilaviy-maktabgac
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 07:33