Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 30 may kuni Tuman hududidagi Qo‘ng‘irot,,Mingtepa,Xo‘jabachcha maxalla fuqarolar yig‘ini hududida 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatin boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati to‘g‘risida”gi №595-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.Bugungi kunda tashabbuskor tadbirkor tomonidan tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolajonlarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun yetarli qulayliklarga ega.

Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari B.Ilchiyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva, tuman IIB boshlig‘i B.Jo‘raqulov, tuman Prokurori A.Abduraxmonov xamda nuroniy otaxonlar, onaxonlar, maxalla faollari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi hamda muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.


Kiritilgan vaqti: 30/05/2019 12:42;   Ko‘rilganligi: 506
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-30-may-kuni-tuman-hududidagi-qongirotmingtepaxojabachcha-maxalla-fuqarolar-yigini-hududida-3-ta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-oz-faoliyatin-boshladi
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 03:41