Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 29 avgust kuni Tuman maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida An'anaviy avgust anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanga tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Ilchiyev, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Bulung‘ur tuman kengashi raisi A.Shokirov, sektor rahbarlari, tuman pedagogika kolleji rahbari Yu.Jumanazarova va maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalaridan 100 nafar rahbar va xodimlar ishtirok etishdi.

An'anaviy avgust anjumanida tizimdagi mavjud muammolar tahlil qilinib kelgusida bajariladigan ishlar rejasi belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 29/08/2019 11:37;   Ko‘rilganligi: 375
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-29-avgust-kuni-tuman-maktabgacha-talim-tizimi-xodimlarining-jonajon-ozbekistonim-mangu-bol-omon-shiori-ostida-ananaviy-avgust-anjumani-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 08/05/2021 04:55