Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikalari” kafedrasi va Bulung‘ur tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi xamkorligida “Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy amaliy seminarda Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva so‘zga chiqib hozirgi kunda tumanimizda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi  

Shundan keyin Samarqand viloyati XTXQTMOHM  “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Qarshiyeva va M.Nigmatovalar Maktabgacha ta'lim vazirligining  2019 yil 30 sentyabridagi 155-sonli buyrug‘i bilan tarbiyachilarga “Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish”  bo‘yicha  tarbiyachilarga  tushunchalar  berib  o‘zgarishlar bilan tanishtirdi.

Seminar    davomida 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan gimnastika raqslari va milliy raqslar ijro etildi. Seminarga barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilaridan vakillar ishtirok etishdi.  


Kiritilgan vaqti: 11/10/2019 15:56;   Ko‘rilganligi: 686
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-10-oktyabr-kuni-bulungur-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-13-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-samarqand-viloyati-xtxqtmohm-maktabgacha-boshlangich-va-maxsus-talim-metodikalari-kafedrasi-va-bulungur-tuman-maktabgacha-talim-bol
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:30