Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 10 may kuni «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or pedagog tajribalarni  ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga “Ilk qadam” maktabgacha  ta'lim  muassasalari yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigaan davlat  talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha  ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor va iqtidorli pedagoglarni rag‘batlantirish  maqsadida «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” 1-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi R.Turapova, “Eng yaxshi ijodkor  tarbiyachi” 11-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Sh.Kuchkarova, “Innavatsion va axbarot texnalogiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” 9-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi S.Qo‘ziyevalar qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga tavsiya etildi.

Ko‘rik tanlovda g‘oliblar va faol ishtirok etganlarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi

 


Kiritilgan vaqti: 10/05/2019 18:13;   Ko‘rilganligi: 749
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-10-may-kuni-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:05