Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Hazrat Navoiy merosi e'zozda.08.02.2021yil

Yurtimizda 9 fevral g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiyning tavallud kuni keng nishonlanadi. Jumladan, joriy yilda ham Bulung‘ur tumanidagi maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar allaqachon boshlanib ketgan.Bugun, 8 fevral kuni 17 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Navoiyning 580 yilligiga bag‘ishlangan bayram xamda besh tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda bolajonlar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azallar yod aytildi, kuyga aylangan ijod na'munalari asosida raqs tomoshalari namoyish etildi.Tadbir so‘ngida tuman prokuraturasi xamda maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan MTT tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Eslatib o‘tamiz, bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 08/02/2021 15:14;   Ko‘rilganligi: 83
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/hazrat-navoiy-merosi-ezozda08022021yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:38