Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Davlat, nodavlat va oilaviy bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.16.06.2020yil

      Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig‘i Sh.Raxmonov Bulung‘ur tumaniga tashrif buyurdi. Bulung‘ur tumanidagi MTTlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sanitariya-gigiyeniya normalariga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida boshqarma boshlig‘i Sh.Raxmonov, Bulung‘ur MTB mudiri U.Gubayeva bilan birgalikda tumandagi “Qirqshodi” MFYdagi “BOLALIKNING NAFIS IFORI” va “Kildon”  MFYdagi “KILDON YULDUZI” nomli nodavlat, “Ulug‘bek” MFY “MITTIVOY BOLAJON” DXSH va YATT Pardayeva Nigora oilaviy  bog‘chalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash, xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi, tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish, nazoratni kuchaytirish talablari qo‘yildi.

Bundan tashkari,  investitsiya dasturi asosida 21 MTT, 26 MTT va 29 MTTlarida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.


Kiritilgan vaqti: 16/06/2020 16:00;   Ko‘rilganligi: 331
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/davlat-nodavlat-va-oilaviy-bogchalar-faoliyatini-yolga-qoyish16062020yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:36