Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Buyuk shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur merosi e'zozda.

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 12 fevral kuni tumandagi 1 va 7 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan “Shox va shoir” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bolalar tomondan aytilgan g‘azallar, ijro etilgan kuy va raqslar,milliy o‘yinlar, ayniqsa bolalar tomonidan Zaxiriddin Muxammad Boburning yoshligidan kichik saxna ko‘rinishlari xammaga manzur bo‘ldi. Bunday tadbirlar tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2021 08:19;   Ko‘rilganligi: 47
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/buyuk-shox-va-shoir-zahiriddin-muhammad-bobur-merosi-ezozda12-02-2021yil
Chop etilgan vaqti: 08/05/2021 03:52