Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘urda beg‘uborlar bayrami

Xabar berilganidek, 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Bulung‘ur tumani markazida joylashgan “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li hiyoboni”da mitti farishtalar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan tuman hokimi Baxodir Baxromov barcha bolajonlarni va ularning yaqinlarini bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, tuman xalq ta'limiga qarashli umumta'lim maktablarining 14 yoshdan kichik bo‘lgan va tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tuman hokimi tomonidan faxriy yorlik hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tuman madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan davom etdi.





Bayram tadbirlari davomida bolajonlarga tuman hokimligi va tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan salqin ichimliklar va muzqaymoqlar tarqatildi.


Oxirgi o‘zgarish: 01/06/2021 21:42;   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungurda-beguborlar-bayrami
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 01:38