Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi “Qo‘ng‘irot” MFY da 26-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 4 iyun kuni tumandagi “Qo‘ng‘irot” MFY da 120-o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimda tuman xokim o‘rinbosari Buriboyev Azizbek Baxranovich, maktabgacha ta'lim bo‘limi masul xodimlari, hamda mahalla faollari ishtirok etib, yangi maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar pedagog-tarbiyachilar tomonidan o‘zbek, rus, va ingliz tillarida olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bolalarning yotoqxonalari, oshxona, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalari davlat talablari asosida jihozlangan. Binoning tashqi ko‘rinishi ham turli yorqin ranglarda, musiqa zali, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar, yotoqxonalarda ranglar xilma-xilligini ko‘rish mumkin.Bular albatta bolaning aqliy-ruhiy holatiga ijobiy ta'sir qilib undagi jo‘shqinlikni oshiradi, qolaversa rivojlantiruvchi elementlar bilan bezatilganligi tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarni tezroq shakllanishida yordam beradi.

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi natijasida tumandagi 120 nafar 3-7 yoshli bolajonlar qamrab olinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 04/06/2021 20:20;   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-qongirot-mfy-da-26-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-oz-ish-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 03:00