Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi “Istiqlol” MFY da 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 17 mart kuni tumandagi “Istiqlol “ MFY da Bulung‘ur pedagogika kollejining foydalanilmayotgan bo‘sh turgan qismida 120-o‘ringa mo‘ljallangan “Namunali kollej” konsepsiyasi doirasidagi mahalliy byudjet hisobidan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimda tuman xokim o‘rinbosari Ilchiyev Begzod Tursunovich so‘zga chiqdi va jamoatchilikni yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda yaqinlashib kelayotgan Navro‘z umum xalq bayrami bilan samimiy qutladi. Nuroniy otaxonlar duoga qo‘l ochdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar pedagog-tarbiyachilar tomonidan o‘zbek, rus, va ingliz tillarida olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bolalarning yotoqxonalari, oshxona, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalari davlat talablari asosida jihozlangan. Binoning tashqi ko‘rinishi ham turli yorqin ranglarda, musiqa zali, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar, yotoqxonalarda ranglar xilma-xilligini ko‘rish mumkin.Bular albatta bolaning aqliy-ruhiy holatiga ijobiy ta'sir qilib undagi jo‘shqinlikni oshiradi, qolaversa rivojlantiruvchi elementlar bilan bezatilganligi tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarni tezroq shakllanishida yordam beradi.

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi natijasida tumandagi 120 nafar 3-7 yoshli bolajonlar qamrab olinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 18/03/2021 09:33;   Ko‘rilganligi: 135
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-istiqlol-mfy-da-34-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-oz-ish-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 05:54